Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi: taxminiy tarkiblar, anons va bizning taxmin

Aziz Tukhtamuradov
8 mar 2016, 10:30
UEFA rasmiy sayti bugungi o'yinlar uchun taxminiy tarkiblarni chop etdi.

"Real" - "Roma"

"Real": Navas; Karvaxal, Pepe Ramos, Marselo; Modrich, Kroos, Isko; Xames, Ronaldu, Beyl.
O'ynamaydi: Benzema (jarohat)

"Roma": Shensni; Florenci, Manolas, Zukanovich, Din; Keyta, Pyanich; Salax, Perotti, El-Shaaravi; Jeko.
O'ynamaydi: De Rossi, Ryudiger (jarohat)
So'roq ostida: Nainggolan (jarohat)

Dastlabki o'yin: 2 - 0

Bizning taxmin: 60% - 40%

"Real" dastlabki o'yinda qo'lga kiritilgan ustunlikni saqlab qola olarmikin? Yoki "Roma" sensaciya ko'rsatib "qirollik klubi"ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuboradimi?


"Volfsburg" - "Gent"

"Volfsburg": Kasteels; Tresh, Knoxe, Dante, Rodriges; Gilyavogi, Gustavo; Shyurrle, Arnold, Draksler (Vieyrinya); Kruze (Kalijuri)
O'ynamaydi: Naldo, Yung, Dost, Seguin, Benalo (jarohat)
So'roq ostida: Draksler, Kruze (jarohat)


"Gent": Sels; Asare, Mitrovich, Nilsen; Kums, Neto; Deyagere, Milichevich, Foket; Saymon, Depuatr.
So'roq ostida: Vikxeym, van der Bryuggen (jarohat), Depuatr (noma'lum)
O'ynamaydi: Mitrovich, Vanderbusxe (jarohat)


Dastlabki o'yin: 3 - 2

Bizning taxmin: 60% - 40%

Bu juftlikda ham dastlabki o'yindan so'ng ko'p narsa aniq bo'lib ulgargan. Lekin, belgiyaliklar ham "sovg'a" jamoalardan emas...


Ikkala o'yin ham bugun tunda 00:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia