Bugun 23:00. "Paxtakor" - "Al Hilol"

Narzulla Saydullayev
17 sen 2020
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-turida "Paxtakor" "Al Hilol" bilan o'ynaydi.

Bugungi bahsda diskvalifikaciya sababli "Paxtakor"ga Eldor Suyunov va Dragan Cheran yordam bera olmaydi. Bugungi uchrashuvda "Paxtakor" mezbon sifatida o'ynaydi. Guruhda hozircha "Al Hilol" 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "sherlar" 6 ochko bilan 2-pog'onani egallab turibdi.

"Paxtakor" va "Al Hilol" jamoalari o'rtasidagi o'yin 17 sentyabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Doxadagi "Al Janub" stadionida boshlanadi.

Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida Shota Arveladze va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

Shota Arveladze: "Bizning yaxshi o'yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"        

 

Bugungi bahsni bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.


OCHL-2020, 4-tur, "B" guruhi
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam
: Navaf Shukrulla Abdulla G'ayyat (Bahrayn)
Qanot hakamlar: Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Solih Alrovaimi Abdulla Mohsen (Bahrayn).
Zaxira hakami: Krishanta Dilan Perera Hettikankanamge (Shri-Lanka).
Nazoratchi: Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia