Buffon PSJga o'tmoqda

Jiji Buffon tez kunda Parij klubida tibbiy ko'rikdan ham o'tadi.

“Yuventus” sobiq darvozaboni Janluiji Buffon PSJga o'tish arafasida. 40 yoshli italiyalik posbon yaqin kunlarda Parij klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq Buffonning PSJ bilan ikki yillik shartnoma imzolashi va yiliga 7 mln evro maosh olishi haqida xabar berilgan edi.


Manba: Paris United