

"Isroil terma jamoasi bilan o'yin oson bo'lmaydi. Ular biz uchun noqulay raqib. Umuman olganda saralash bahslarida bizga hech qaysi o'yin engil kechmaydi. Shuning uchun har bir o'yinga maksimal holatda tayyor bo'lishimiz kerak", deydi "Yuventus" posboni.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi "G" guruhida Albaniya, Makedoniya, Isroil, Ispaniya va Lixtenshteyn terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


