Buffon futbolchilik faoliyatini yakunlagach, maktabda talim oladi

3 iyul 2020, 22:45
Turinning “Yuventus” klubi posboni Janluidji Buffonning tan olishicha, u faoliyatini yakunlagach, maktabdagi talimni davom ettirib yakuniga etkazish niyatida.

“Futbolni tugatsam, ijodiy tatilga chiqaman. O'shanda o'zimga va oilamga etarlicha vaqt ajrata olaman. Qolaversa, yakuniga etmagan maktab taliminiyam oxiriga etkazib qo'yish niyatidaman. Ota-onam 30 yildan buyon shu talimni oxiriga etkazib qo'yishim lozimligini takidlashdan charchashmaydi”, deya Buffonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.

Eslatib o'tamiz, 29 iyun kuni Turin klubi 42 yoshli posboni bilan amaldagi shartnomani 2021 yilning yoziga qadar uzaytirganini e'lon qildi.

Buffon 2001 yilning yozida “Parma”dan “Yuventus”ga 52,88 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. 2018 yilda kiper erkin agent sifatida PSJ a'zosiga aylandi. Ammo bir yil o'tib, u yana qadrdon jamoasi “Yuve”ga qaytdi. Joriy mavsumda Italiya chempionatida ettita uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia