

“Farzandlarim va nabiralarimga Krishtianuga golli uzatmalar berganimni aytib berishim juda zo'r bo'ladi. U maydonda va undan tashqarida ham namuna hisoblanadi.
Terma jamoada ertalab birgalikda mashg'ulot o'tkazamiz. Kunduzi barcha karta yoki Playstation o'ynaydi, ammo Ronaldu sport zaliga boradi. Unga muxtoj bo'lgan eng muhim pallalarda esa u doimo yoningizda turadi.
Lionel Messi yoki Krishtianu? Bu bahsni to'xtatish qiyin. O'ylashimcha, ularning o'yinlarini ko'rish imkoniyatiga egaligimizdan minnatdor bo'lishimiz zarur. Ular dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi va ehtimol butun tarixdagi ham”, deydi Bernardu.



