Brunu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida: “Maqsadim unga to'pni oshirish edi va Krishtianu gol urgandek tuyuldi”

Eldor Akmurzayev
29 noya 2022, 08:55
JCH-2022 guruh bosqich 2-turida Urugvay ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin o'yin qahramoniga aylangan Portugaliya TJ yetakchisi Brunu Fernandesh o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu bizning jamoamiz, birdamligimiz, borimizni berishimiz va o'zaro bir-birimizni qo'llashimiz. Bularning barchasi bizga shunday natijalarga erishish imkonini beradi.

Golni xuddi Krishtianuga tegishlidek (birinchi gol haqida) nishonladim, u to'pga tegingandek tuyuldi. Maqsadim unga to'pni oshirish edi, ammo kim gol ursa ham, bu jamoaga g'alaba keltirganidan xursandmiz.

Krishtianu – hujumchi, u gollar izlaydi, bu yuqori cho'qqilar uchun muhim, ammo eng asosiysi keyingi bosqichdamiz”, deydi Fernandesh.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola