Breaking news. "Spartak" Oston O'runovni RPL uchun ro'yxatdan chiqarib tashladi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2021, 15:03
Bu haqda Rossiya premer-ligasi rasmiy sayti xabar berdi.

Bugun, 19 fevral kuni Moskvaning "Spartak" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runovni Rossiya premer-ligasi ro'yxatidan chiqarib tashladi.

Ma'lumot uchun, O'runov "Spartak" safida jami 9ta o'yinda maydonga tushdi va Rossiya kubogi doirasida bitta gol urdi.

Oldinroq xabar berilganidek, O'runovga "Rubin" va "Ufa" klublari qiziqish bildirmoqda. "Spartak" klubga mos keluvchi taklifni olsa, uni sotishga tayyor.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia