

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, bugun "Navbahor" klubida yig'ilish o'tkazilgan va unda Kanchelskis o'z vazifasidan ozod etilgan.
Hozircha ertangi uchrashuvda namanganliklar qaysi murabbiy qo'l ostida maydonga tushishlari noma'lum.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" ertaga Superliga 12-turi doirasida o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.



