

Ma'lumotlarga ko'ra, Yaxshiboev yaqin vaqtlar ichida Belarus chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Soligorskning "Shaxtyor" jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi. Hozircha transfer qanday ko'rinish olishi aniq emas: "Paxtakor"dan ijara yoki futbolchi sotib olinishi ham mumkin.
Oldinroq "Energetik-BGU" Devid Tvening tarkibdan ketganligini ma'lum qilgandi. Liberiyalik futbolchi Brestning "Dinamo"siga o'tadi.
Yaxshiboev ushbu mavsumda 14 o'yinda 9 bora raqiblari postiga yo'l topgan holda chempionat to'purariga aylanib turibdi.



