Braziliya futbol konfederatsiyasi Madridda Anchelotti bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
21 apr 2025, 16:06
Braziliya terma jamoasiga yaqin vaqt ichida yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) 15 iyun kuni AQSHda boshlanadigan klublar o'rtasidagi JCH oldidan Karlo Anchelottini tayinlashdan manfaatdor.

Qayd etilishicha, CBF vakillari allaqachon Madridga yetib borgan va u yerda italiyalik murabbiy bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Ularning maqsadi – xalqaro klublar turniri oldidan Anchelottini terma jamoani boshqarishga ko'ndirish.

Avvalroq tajribali mutaxassis kelajagi haqidagi savolga javob berishni istamagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano