"Brayton" ushbu mavsum APLda kuchli oltilikdan to'rtta jamoani mag'lub qildi. Faqatgina "Siti" va "Tottenxem" mag'lub etilmadi

Administrator
15 may 2023, 00:50
Klub ushbu mavsum grandlarga haqiqiy bosh og'riq bo'ldi.

"Brayton" klubi APL 36-turida "Arsenal"ni 3:0 hisobida mag'lub qildi. Shu tariqa, klub yana bir ingliz grandi ustidan g'alaba qildi.

"Brayton" bu mavsum "yuqori oltilik" jamoalari orasidan to'rttasini taslim etdi. 2022-2023 yilgi mavsumda De Zerbi shogirdlari "Liverpul"ni 3:0 hisobida taslim etgandi. "Manchester Yunayted" (2:1, 1:0) va "Chelsi" (4:1, 2:1) chempionatning ikki o'yinida ham "Brayton" tomonidan mag'lub etildi. Mana endi ular orasiga "Arsenal" (3:0)  kelib qo'shildi. 

"Brayton" kuchli oltilikdan faqatgina "Man Siti" va "Tottenxem"ni enga olmadi. "Shpor"lar ikkala o'yinda ham "Brayton"ni mag'lub qilgan bo'lishsa, "Man Siti" birinchi davrada De Zerbi shogirdlarini taslim etgandi. "Siti" bilan ikkinchi davra o'yini esa 24 may kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports