Brayda: "Bravo "Barselona"ni tark etmaydi, u yulduzlarimizdan biri"
Aslanov Jasurbek
27 noya 2015
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi darvozabon Klaudio Bravo bilan xayrlashmoqchi emas.
Bu haqda Kataloniya klubi transfer qo'mitasi a'zosi Ariedo Brayda ma'lum qildi.
"Bravo transferga qo'yilmaydi va biz xatto takliflarni ham ko'rib chiqmayapmiz. Bravo - yulduzlarimizning biri va u "Barselona"ni tark etmaydi" - deydi Brayda.