"Borussiya" Sanchoning o'rniga "Barselona" o'yinchisini jamoaga olib kelmoqchi

Alisher
30 apr 2020, 15:43
Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona" vingeri Ansu Fati bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Arilar" rahbariyati Ansu Fatiga Jeydon Sanchoning o'rniga ajoyib nomzod sifatida qaramoqda. Angliyalik futbolchi esa "Borussiya"dan kyetib, APLga yo'l olishi mumkin. Sanchoga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirishmoqda.

"Borussiya" Fatini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga urinib ko'radi. Uning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es