"Borussiya" Obameyyangni "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
13 okt 2015, 12:12
Dortmundning "Borussiya" sport direktori Mixael Cork jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyyangga bog'liq mish-mishlarga izoh berdi.

Ispan OAV futbolchiga "Barselona" qizqayotganini e'lon qilgan edi.

"Albatta, Obameyyang "Borussiya"ning kelajakdagi rejalaridan joy olgan" - deydi Cork.

Obameyyang bu mavsumda Bundesliganing sakkizta uchrashuvida maydonga tushib 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild