"Borussiya D" forvardi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 avg 2024, 12:58
"Vest Xem" Niklas Fyullkrug uchun taklif bilan chiqdi.

Germaniyaning "Borussiya" Dortmund klubi hujumchisi faoliyatini Angliyaning "Vest Xem" jamoasida davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi "Sky Sport" muxbiri Fabricio Romano.

Ma'lumotlarga ko'ra, "bolg'achilar" 31 yoshli Fyullkrug uchun 25 mln evro taklif qilmoqda. "Borussiya" forvard uchun 30 mln olmoqchi, ammo inglizlarning taklifini rad etganicha yo'q.

Fyullkrugning o'zi APLga o'tishni istaydi va 2027 yilgacha mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish bandini ichiga olgan shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Niklas Fyullkrug 2023/24 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 43 ta o'yinda qatnashib, 15 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport