"Bornmut" "Roma" futbolchisini ijaraga oladi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2023
"Bornmut" "Roma" himoyachisi Matias Vinyani ijaraga olishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning fikricha, tomonlar kelishuvga juda yaqin. Kelgusi 24 soat ichida urugvaylik futbolchi Angliyaga yetib kelishi va inglizlar bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Qayd etilishicha, "Bornmut" mavsum yakunida Vinyani sotib olish huquqiga ham ega bo'ladi. Agar jamoa xohlasa, futbolchini 15 million evroga sotib oladi.

Eslatib o'tamiz, Vinya anchadan beri "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalaridan tashqarida qolmoqda. Joriy mavsum urugvaylik futbolchi Italiya chempionatida atigi uchta o'yin o'tkazdi. “Bornmut” ayni damda Angliya Premer-ligasining quyi pog'onalarida bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano