Bora Milutinovich “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2014, 12:42
Serbiyalik taniqli mutaxassis Bora Milutinovich “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi.
Taniqli mutaxassis “Bunyodkor” stadionida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassis stadion xududidagi muzey, kiyim almashtirish xonasi va maydon holatini ko'zdan kechirdi.

- “Bunyodkor” stadioni barpo etilgani haqida avval eshitgandim. Ushbu stadionda bo'lib, u bilan yaqindan tanishganimdan juda xursandman. Bunday zamonaviy arenalar futbol rivoji uchun xizmat qiladi. O'ylaymanki, bu stadionda katta futbol o'yinlari hali juda ko'p bo'lib o'tadi, - deydi Bora Milutinovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com