Bolalar chempionati. "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilaridan g'alabalar

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2015, 13:31
Futbol bo'yicha Toshkent shahar bolalar-o'smirlar chempionatida navbatdagi tur bahslari o'tkazildi.

Bunda "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari "Liverpul"ga qarshi bahs olib borishdi. Bo'lib o'tgan o'yinlarning oltitasida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari g'alaba qozonishdi. Faqat bitta uchrashuvda durang qayd etildi.

O'yinlarda eng yirik hisob 2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahs kuzatildi. Bunda Alisher Bozorov shogirdlari raqibdan 10:1 hisobida ustun kelishdi. Quyida natijalarni keltirib o'tamiz.

2005 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 2:2
2004 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 2:0
2003 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 2:0
2002 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 6:1
2001 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 3:0
2000 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 10:1
1999 y. "Lokomotiv" - "Liverpul" 1:0


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: facebook.com/PFCLokomotiv