

Kelishuvga ko'ra, 17 yoshli futbolchimiz ushbu mavsum viloyat ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda. Keyingi yildan boshlab esa, Boburda o'rinbosarlar musobaqasida bemalol qatnashish huquqi bo'ladi. Mashal futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi yaqinda yurtimizga, aniqrog'i uyiga qaytib keldi. Ma'lum bo'lishicha, Bobur Davlatov (fotoda o'rtada) o'zi tug'ilib o'sgan Yangier shahridagi kollejga test-imtihonlarini topshirish uchun kelgan. Shu bahona oilasi davrasida bo'lishni rejalashtirgan Bobur yaqin kunlarda yana Qozonga jo'nab ketadi.
Islombek Rustambekov.



