Boateng: "Har bir bolakay "Barselona"da o'ynashni orzu qiladi"

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019, 14:29
"Barselona"ning yangi futbolchisi Kevin-Prins Boateng o'zining transferi haqida gapirdi.

"Juda ham baxtliman. Futbol o'ynayotgan har bir bolakay "Barselona" tarkibida o'ynashni orzu qiladi. Orzularim ushaldi. Klub uchun jonimni berishga harakat qilaman", - dedi Boateng.

Kevin ushbu mavsum A Seriyada 13 o'yinda 4 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal