Blatter Putin taklifi bilan JCH-2018ga tashrif buyuradi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2017, 15:49
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter 2018 yil yozda Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga boradi.

81 yoshli shveytsariyalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifi bilan ushbu mundialga tashrif buyuradi.

Yozef Blatter 2015 yildagi korrupcion mojarodan so'ng o'z vazifasini tark etgan edi. O'sha yilning dekabr oyida shveytsariyalikni 8 yilga futboldan chetlatishgan edi. 2016 yilning fevralida FIFA diskvalifikaciya muddatini 6 yil etib belgiladi.

Rossiyadagi JCH-2018ning final qismi 14 iyundan 15 iyulgacha bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP