Birinchi liga. Ikkinchi bosqichga qachon qur'a tashlanadi?

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2014, 10:57
Siyqasi chiqqan mavzulardan biri bo'lib qolgan birinchi liga haqida ko'p ham yozib o'tirmoqchi emasmiz.
Ma'lumki undagi birinchi bosqich o'yinlari poyoniga etganiga ham 10 kundan oshiq vaqt o'tdi. Garchi ikkinchi bosqichda kimlar ishtirok etishi aniq bo'lsada, PFL hamon ikkinchi bosqichga qur'a tashlamayotgani ko'pchilikni o'ylantirmoqda. Kasbimiz yuzasidan birinchi liga klublarining rahbariyati va murabbiylari bilan o'zaro suhbatlashganimizda ikkinchi bosqichga qur'a tashlanmayotgani ularning mukammal ish dasturini tuzib chiqishiga halal berayotgani aytib o'tmoqda. Haqiqatdag ham, ikkinchi bosqich bahslari qachondan va kimga qanday boshlanishi noma'lum bo'lib turganida, oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan jamoalar davralar oralig'idagi yig'inni qay tariqa o'tkazishni ham bazida bilmay qoladi. Ular katta extimol bilan 16 avgust kundan boshlanadi degan tahmin bilan yig'in o'tkazmoqda.

Shu o'rinda savol tug'iladi: PFLni ikkinchi bosqich uchun qur'a tashlash marosimini o'tkazish yodidan chiqdimi yoki ...

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia