Birinchi liga. "Andijon"ning Toshkentdagi yig'ini yakunlanmoqda

16 mar 2017, 17:20
Avval xabar berganimizdek, Andijon jamoamiz mavsumlar oralig'idagi so'nggi yig'inini Toshkentda olib bormoqda.

Poytaxtdagi yig'in chog'ida futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanib, bir qator sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushmoqda. Xususan Qozog'istonning "Kaspiy" va Buxoroning "Nurafshon" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda nursiz (0:0) durang qayd etildi. 

Toshkentning "O'rikzor" klubi esa 3:1 hisobida taslim etildi. Kecha "burgutlar" navbatdagi o'rtoqlik o'yinini "Xorazm" jamoasiga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda avvaliga urganchliklar standart vaziyatdan hisobni ochgan bo'lsa, andijonliklardan Farruh Shotursunov bilan Shahboz Jumaboev raqib darvozasini bittadan ishg'ol qildi va jamoamiz irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 

Tarkibga markaziy himoyachi Timur Kagirov kelib qo'shilganini ma'lum qilamiz. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, tajribali futbolchi ilgari ham "Andijon" (2005 va 2008 yillar) safida o'ynagandi. 

Ertaga jamoamiz "Bunyodkor" yoshlariga qarshi sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. Shundan so'ng "Andijon"ning Toshkentdagi yig'ini yakuniga etadi.


"Andijon" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia