Beyl va Zidan o'rtasidagi munosabatlar juda ham yomonlashdi

Alisher
27 iyun 2020, 11:01
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va jamoa vingeri Garet Beyl o'rtasidagi munosabatlar yomonlashib ketdi.

30 yoshli uelslik futbolchi o'yinlardagi zaxira futbolchisi rolidan norozi. Zidanga kelsak, u va uning shtabi Beylning mashg'ulotlardagi harakatlaridan shikoyat qilmayapti, ammo o'yinchining bu qarorga shikoyatidan norozi.

Xabar qilinishicha, vinger va "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlarga ham putur etgan.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN