Beyl tig'iz taqvim borasida etirozini bildirdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022, 22:08
Vinger Garet Beyl taqvim bo'yicha shikoyat qildi.

"Siz futbolchilarga g'amxo'rlik qilishingiz kerak. Futbolchilarsiz mahsulot bo'lmaydi. Bu tez orada yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Inson tanasi yildan yilga bunday tig'iz taqvimga dosh bera olmaydi.

Nimadir o'zgarishi kerak, futbol rahbariyati nimadir qilishi kerak, lekin afsuski, hammasiga pul aralashgan. Bu – biznes, lekin o'yinchilarning farovonligi uchun siz puldan voz kechishingiz kerak.

O'tgan kuni menga De Bryuyne atigi uch haftalik tanaffusdan so'ng kelasi mavsumda 79 o'yin o'tkazishi mumkinligini aytishdi. Bu juda ko'p, aniqki, biror narsani o'zgartirish kerak. Har qanday o'yinchi sizga juda ko'p o'yin borligini aytadi. Bunchalik ko'p o'yinlar bilan yuqori saviyada o'ynashning iloji yo'q", – dedi uelslik futbolchi.

Beyl avvalroq "Xetafe"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport