Beyl nega Audi Cupda ishtirok etmayapti. Zidan bunga javob berdi

Alisher
31 iyul 2019, 11:17
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qaymoqranglilar"ning Audi Cup turniridagi qaydnomasidan nega Garet Beyl o'rin olmaganligini aytib o'tdi.

"Sizni Beyl qiziqtirmoqdami, qani u? U biz bilan uchib kelmadi, chunki Beyl hozir formadamas. Biz shifokorlar bilan maslahatlashdik va uni Madridda qoldirishga qaror qildik. Endi u bazada shug'ullanadi. Bu qaror murabbiy, Garet va shifokorlar bilan birga qabul qilingan", - deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, bosh murabbiy Zidan Beylni ochiqchasiga jamoasida ko'rishni xohlamayotganligini aytgan edi.

Oldinroq, Beyl uni Xitoyga sotishmagani uchun musobaqaga borishni o'zi rad etganligi to'g'risidagi xabarlar ham yangragan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS