Beyl faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021, 00:06
Futbolchi faoliyatini yakunlash to'g'risida o'ylamayapti.

"Real Madrid" yarim himoyachisi Garet Beyl o'zi haqida tarqalgan har xil mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Hamma o'zi xohlagan hikoyalarni to'qiydi. Bilmadim. Bazida bunday g'alati narsalarni kimlar o'ylab to'rishini tushunmayman. Men hech qachon faoliyatimni tugatish haqida o'ylamaganman.

Shunchaki, bor e'tiborimni Evroga qaratish haqida gapirgandim, xolos. Men o'z kelajamd haqida gapirgan har bir gapim katta rezonans beradi. Shu sababli ham, indamasdan, bor e'tiborimni qilayotgan ishimga qaratishni afzal ko'raman", -dedi Garet Beyl.

Beyl o'tgan mavsumni ijara asosida "Tottenxem"da o'tkazdi. U APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Wales Online