Beyl bir yildan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
21 may 2021, 17:38
Hujumchi Garet Beyl kelasi yildayoq butsalarini mixga ilishi mumkin.

Uelslik futbolchi "Tottenxem"dagi ijaradan so'ng "Real" qaytishi, u yerda 2021/22 yilgi mavsumni o'tkazishi mumkin va shundan so'ng uning shartnomasi yakunlanadi. Manbaning xabariga ko'ra, Garet keyinchalik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.

Agar Garet Beyl kelasi yili faoliyatini yakunlasa, u buni erta amalga oshirgan bo'ladi. Futbolchi 2021 yilning iyulida 33 yoshni qarshi oladi.

Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS