Beyl: "Agar imkoniyatimiz bo'lmasa, bunga vaqtimni sarflab o'tirmagan bo'lardim"

Eldor Akmurzayev
8 sen 2019, 23:30
Uels termasi sardori Garet Beyl bosh jamoa ustozi Rayan Giggz haqidada o'z fikrlarini bildirib, Evro-2020ga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Hali hamon bazi jabhalar ustida ishlab bormoqdamiz. Nimanidir yaxshilash kerak. Endigina o'yin uslubini tahlil qilib, murabbiy bizdan nima xohlayotganini o'rganmoqdamiz. Bazida bunga qanchadir vaqt kerak bo'ladi. Shuning uchun o'rtoqlik o'yinlari zarurdir. Unda mashg'ulotlarning o'rniga, har xil holatlar ustida ishlaymiz. Agar Evro-2020ga chiqish imkoniyatimiz bo'lmaganida, hozir men bu yerda bo'lmagan hamda vaqtimni behudaga sarflamagan bo'lardim. Katta musobaqalarga chiqish uchun kurashish menga yoqadi. Evro-2016dan keyin shu kabi holatlarni yana boshdan kechirishni juda ham xohladim. Avvalgidek, o'z kuchimizga ishonamiz. O'ylaymanki, muxlislarimiz ham bizga ishonib, bor kuchlari bilan bizni qo'llab-quvvatlashadi. Chunki, ular 12 o'yinchimiz hisoblanishadi. Ular bizning energiya manbaimizdir, – deydi vinger. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FourFourTwo