

Ispaniyaning "Betis" klubi sardori Xoakin Sanches 2022/2023 yilgi mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Xoakin 2015 yilda "Fiorentina"dan "Betis"ga o'tgan edi. Futbolchi 1999 yildan 2006 yilgacha Sevilya klubida o'ynagan. Xoakin "Valensiya" va "Malaga" klublari sharafini ham himoya qilgan.
Xoakin Ispaniya terma jamoasi safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Hozirgi klubi bilan 2022 yilning yozida yangi shartnoma imzolagandi, kelishuv 2023 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan.
Tajribali futbolchi joriy mavsum "Betis" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi.



