"Betis" Loren Moron uchun 60 million talab qilyapti

13 may 2020, 21:39
Estadio Deportivo xabariga ko'ra, "Napoli" "Betis"ning ispaniyalik forvardi Loren Moron uchun "Tottenxem" bilan kurash olib boradi.

Sevilyaliklar 26 yoshli futbolchini 60 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Da'vogarlar esa ushbu summaning yarmini taklif qilishyapti. 

Ma'lumot uchun, Lorenco Moron 2015 yildan buyon "Betis" futbolchisi hisoblanadi, uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Estadio Deportivo