Bertran Traore APLga qaytishi mumkin

22 yanv 2020, 02:10
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Lion" forvardi Bertran Traore faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Bornmut" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati qishki transfer mavsumi yakuniga qadar hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Ularning ro'yxatida "Borussiya" (Dortmund) klubi hujumchisi Yakob Larsen ham bor. Traorening APL havosidan oldinroq bahramand bo'lgani uning foydasiga ishlashi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, hujumchi Londonning "Chelsi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning transfer huquqi 2014-2017 yillarda "ko'klar"ga tegishli bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports