Bertran: "Angliya terma jamoasidan chaqiruv olmaganimdan xafaman"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2014, 12:22
"Sautgempton" himoyachisi Rayan Bertran Angliya terma jamoasi o'yiniga chaqiruv olmaganidan hayratda.

"Mavsum men uchun juda omadli boshlandi, jamoam chempionatda ikkinchi o'rinni egallab turibdi va kamina nega terma jamoaga to'g'ri kelmaganini tushunmayman.

Menga beriladigan xar qanday imkoniyatdan jon deb foydalanaman, ammo hammasi menga boqliq emasligi ko'rinib turibdi. Men terma jamoada o'ynashga haqliman deb o'ylayman va milliy jamoadan chaqiruvni kutib qolaman" - deydi Bertran.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com