Berluskoni "Milan" futbolchilariga: "Agar shunday o'ynashda davom etsangiz, sizlarga pul to'lamayman"

Aslanov Jasurbek
21 may 2016, 17:12
"Milan" egasi Silvio Berluskoni "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan Itlaiya Kubogi final bahsidan oldin futbolchilarga o'yinni o'zgartirish kerakligini aytdi.

Klub rahbarining o'yinchilarga qilgan murojaati Italiya OAV qo'liga tushib qoldi.

"Bunday yomon o'yin ko'rsatishda davom eta olmaymiz.  Bizning homiyimiz bo'lgan janoblar hammasi shunday qolsa bizga pul to'lamasligini aytdi. Men ham maoshingizni bermayman, sudga murojaat qilishga urinmang. Bilasizmi Italiyada sud jarayoni qancha davom etadi? Sakkiz yil" - deydi Berluskoni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com