Berbatov: "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"ning roli almashdi"

Mirjalol Normatov
29 okt 2023
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov mankunianliklarning Erik ten Xag qo'l ostida ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi.

"Yunayted" "Siti"ning ortidan quvadi. Jamoalarning roli almashdi. Buni ko'rish og'riqli, ammo bu fakt. MYU endi o'rtadagi farqni yo'qqa chiqarish uchun harakat qilishi kerak, bo'lmasa, chempionlik sovrinini anchagina kutishi kerak bo'ladi. "Manchester Yunayted" so'nggi chempionligini yutganiga 10 yil bo'libdi. Bu klub uchun katta falokat", - dedi bolgariyalik sobiq futbolchi.

Bugun 20:30da "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi bahs start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal