Berbatov: "Keyn APLning eng yaxshi to'purariga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018
"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatovning taxminiga ko'ra, "shporlar" forvardi Garri Keyn yangi mavsumda APLning eng yaxshi to'purariga aylanadi.

"O'ylashimcha, Keyn eng yaxshi to'purar bo'ladi. Bu qiyin tanlov. APLdagi ilk mavsumini yomon o'tkazmagan Obameyyang ham bor. Romelu Lukakuni ham hisobga olish kerak.

Bu uch futbolchi ichidan Keynni ajratib ko'rsatgan bo'lar edim. Jahon chempionatidan so'ng uning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi" - deydi Berbatov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka