Benzema va Levandovski – YCHLda "hafta futbolchisi" nomiga da'vogarlar qatorida

Omonjon To`xtamirzayev
10 mar 2022, 12:12
UEFA matubot xizmati tashkilot rasmiy saytida Chempionlar Ligasining "hafta futbolchisi" bo'lishga nomzodlarni e'lon qildi.

1/8 final javob o'yinlari yakuniga ko'ra ro'yxat quyidagicha ko'rinish oldi.

"Real" forvardi Karim Benzema PSJ bilan o'yinda xet-trik qayd etdi (3:1).

"Manchester Siti" xavbeki Fernandino "Sporting" bilan to'qnashuvda (0:0) 89% uzatmalarni aniq amalga oshirdi va 10,74 km masofani bosib o'tdi.

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Zalcburg"ga qarshi to'qnashuvda (7:1) uchta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

"Inter" safarda "Liverpul"ni mag'lub etgan bo'lsa ham (1:0), keyingi bosqichga inglizlar yo'l olishdi. Ushbu bahsda Milan Shkrinyar 6 bor to'pni raqiblaridan olib qo'ydi va uzatmalarining 89% aniq chiqdi.

Xo'sh, sizningcha ushbu nomga kim ko'proq munosib?

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia