Benzema: “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishni orzu qilaman, ammo...”

Eldor Akmurzayev
16 may 2022, 08:05
“Real” forvardi Karim Benzema “Oltin to'p”ni yutish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Benzema joriy mavsum xorijda to'p tepayotgan eng yaxshi fransiyalik futbolchiga aylandi.

“Juda ham xursandman, bu doimo faxrlanishga arziydi. Bu sovrinni qo'lga kiritish oson emas, qoyilmaqom futbolchilar ko'p.

Orzumdagi hujumchiga aylandimmi? O'ylashimcha, ha. Men uchun muhimi statistika emas. Jamoamga gol urish uchun ko'maklashishga harakat qilaman.

Albatta, “Oltin to'p”ni yutishni orzu qilaman, ammo jamoa manfaatini o'zimnikidan ustun qo'ysamgina, unga erisha olaman”, deydi 34 yoshli francuz.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport