Benzema Messining YCHLdagi rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
22 fev 2023, 09:50
Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Real” dramatik bahsda “Liverpul”dan 5:2 hisobida ustun keldi.

“Enfild”dagi bahsda dublga erishgan Karim Benzema 18 mavsumdan beri musobaqada to'p kiritib kelmoqda. U mazkur ko'rsatkich bo'yicha rekordchi bo'lgan Lionel Messining natijasini takrorladi. Ularning ikkisi ham 2005/06 yilgi mavsumdan buyon YCHLda gol urmoqda.

Eslatib o'tamiz, francuz bu mavsum musobaqadagi 5-uchrashuvida dastlabki ikki golini urdi, o'tgan mavsumda esa u 15 ta gol bilan to'purar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Stats Foot