Benzema Mbappeni "Real"da kutmoqda

Alisher
2 sen 2021, 14:40
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema hamyurti Kilian Mbappe kelajakda "qirollik klubi" tarkibini to'ldirishini aytdi.

"Mbappe "Real" o'yinchisiga aylanadi. Ertami-kechmi bu transfer amalga oshadi. U bilan bitta jamoada o'ynashni xohlardim. Bizning munosabatlarimiz ajoyib", - deydi Karim.

22 yoshli hujumchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Parij grandi Mbappeni yozda Madrid klubiga o'tishini rad etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RTL France