Benzema "Malaga" bilan o'ynamaydi va "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 apr 2015, 16:41
"Real" bosh murabbiy Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o'yinda hujumchi Karim Benzemani maydonga tushira olmasligi mumkin.

Futbolchi "Atletiko"ga qarshi o'yinda o'ng oyog'i tizzasini shikastlab olgan. U mashg'ulotlarda bir necha daqiqa ishtirok etdi, ammo tizzasidagi og'riq tufayli mashg'ulotni oxirigacha davom ettira olmadi. Benzema "Malaga"ga qarshi o'ynamaydi va "Atletiko" bilan uchrashuvni ham o'tkazib yuborishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com