

Bu haqida "Marca" xabar bermoqda.
"Real" hujumchisi Karim Benzema jarohatidan to'liq forig' bo'lgan va cheklovlarsiz, umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
34 yoshli futbolchi Fransiya termasining JCH-2022 uchun qaydnomasiga kiritilgan, ammo jarohati sabab jamoa qarorgohini tark etgan hamda Ispaniyaga qaytgandi.
Dastlabki taxminlarga ko'ra, futbolchi Qatardagi turnir yakunigacha safga qaytib ulgurmasligi aytilgandi va shu sababli unga ruxsat berilgandi. Ispan nashrining ma'lum qilishicha, Benzema 4 dekabrdayoq maydonga tushishi mumkin edi.
Nima deb o'ylaysiz, Karimni Qatardagi JCHda ko'ramizmi?



