

Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo Buenos-Ayresning "River Pleyt" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Ma'lum qilinishicha, 48 yoshli Galyardo "millionerlar" bilan bir yarim mavsumlik, yani 2025 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Mutaxassis Karim Benzema bilan mojaroga borib, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini tark etganidan buyon ishsiz yurgandi.
Eslatib o'tamiz, Marselo Galyardo avval ham "River Pleyt"da ishlagan. Jamoa uning qo'l ostida ettita milliy, oltita qita va bitta xalqaro sovrinni qo'lga kiritgan, shuningdek, 2015 yilgi klublar o'rtasidagi JCH finalida o'ynagan.



