Benzema "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
19 mar 2022, 16:57
Xabaringiz bor, La Liga 29-turi doirasida "Real Madrid" o'z uyida "Barselona"ni qabul qiladi.

Uchrashuv ertaga tunda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan va Toshkent vaqti bilan 00:59da start oladi. 

Mezbonlar yetakchisi, 34 yoshli hujumchi Karim Benzema mushaklaridagi muammolar sabab jamoaning oxirgi ikki mashg'ulotini o'tkazib yuborgan va bo'lajak "Klasiko"da jamoasiga yordam bera olmaydi.

Shuningdek, Karim Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olganiga qaramay, Madridda qolib, xotirjam ravishda tiklanish jarayonini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: COPE