Benzema: "Bu vaqtinchalik holat, biz keyingi turnirga kuchliroq holda qaytib kelamiz"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 00:43
Fransiya va "Real" hujumchisi Karim Benzema Evro-2020'da terma jamoani qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. Fransiya jamoasi 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi.

"Fransiya jamoamizni eng yuqori pog'onada ko'rishni istardim. Bizga ishonch bildirgan muxlislarga rahmat. Mag'lubiyat va qiyinchiliklar o'z ustimizda ishlashga undaydi.

Bu vaqtinchalik holat, biz keyingi turnirga kuchliroq holda qaytib kelamiz.

Terma jamoaga qaytishimni iliq munosabatlar bilan kutib olgani uchun barcha jamoadoshlarimga, xodimlarga va butun Fransiyaga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deydi forvard.

Eslatib o'tamiz, Karim Mate Valbuena bilan bo'lgan mojaro tufayli deyarli olti yil terma jamoaga chaqirilmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/karimbenzema