Benites: "Atletiko" borasidagi fikrim o'zgargani yo'q"

Aslanov Jasurbek
3 okt 2015, 18:14
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan jamoa futbolchilari Garet Beyl va Serxio Ramosning maydonga tushish imkoniyati haqida so'zladi.

"Beyl va Ramos mashg'ulotlarga qaytdi. Ular maydonga tushishi yoki aksi ertaga hal bo'ladi. Ikkala futbolchi bilan suhbatlashdim va ular maydonga tushishni istashmoqda.

"Atletiko"ni yaxshi bilaman - ularda ajoyib tarkib bor. Biz yaxshi tashkillashgan jamoaga qarshi o'ynaymiz.

So'nggi natijalar tufayli "Atletiko" borasidagi fikrim o'zgargani yo'q. Raqibimiz yuqori darajali jamoa va qiyin bo'lishi aniq" - deydi Benites.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com