Ben Uayt "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2021, 19:28
Jurnalist Fabricio Romano axborotiga ko'ra, "Brayton" himoyachisi Ben Uayt "Arsenal"ga o'tdi.

23 yoshli himoyachi London klubi bilan 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Kelishuv haqida tez orada rasman xabar beriladi.

"Arsenal" transfer uchun "Brayton"ga 50 million funt to'laydi.

Belerin bilan bog'liq holat esa hamon noma'lum. "Inter" va "Arsenal" o'zaro kelishuvga erishilganini rad qilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano