Belotti “Torino” tarixida 43 yili ichida qayd etilmagan natijaga erishdi

14 iyul 2020, 09:30
“Torino” hujumchisi Andrea Belotti “Inter”ga qarshi bahsda (1:3) jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Bu Belotti uchun A Ceriya joriy mavsumidagi 15-gol bo'ldi. Natijada Belotti “Torino” safida ketma-ket ikki mavsum davomida 15+ gol urgan 43 yil ichidagi ilk futbolchi bo'ldi.

So'nggi bor shunday natijaga turinliklarning bir yo'la ikki futbolchisi Franchesko Graciani va Paolo Pulichi erishgandi.

Belotti joriy mavsum A Ceriyada 30 ta o'yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta