Bellingem "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi

Оқил Абдубарноев
27 okt 2023, 00:43
Jud Bellingem "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

20 yoshli angliyalik yarim himoyachi Chempionlar ligasi doirasida "Braga"ga qarshi o'yinda (2:1) mushaklaridagi og'riq tufayli almashtirildi.

"Real Madrid" bugun mashg'ulotlarga qaytdi. Jud jamoalaridan alohida shug'ullandi, ammo ertaga umumiy guruhga qaytadi.

"Men klassikoda ishtirok etaman", dedi Bellingem TVE telekanalidagi efirda.

La Liganing 11-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca